ICHKI BO‘YINTIRIQ VENA KLAPANI YETISHMOVCHILIGIDA KLAPAN APPARATINING MORFOFUNKSIONAL O‘ZGARISHLARI VA ULARNING ULTRATOVUSH BELGILARI

Authors

  • Ozodova N.M. Urganch davlat tibbiyot instituti
  • Rozixadjayeva G.A. O’zbekiston Respublikasi Prezident Administrasiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-sonli Markaziy klinik shifoxonasi
  • Aytimova G.Y. Urganch davlat tibbiyot instituti

Abstract

Ichki bo‘yintiriq vena bosh miya venoz drenajining asosiy ekstrakranial yo‘llaridan biri bo‘lib, uning klapan apparati kranial yo‘nalishdagi retrograd qon oqimining oldini olishda muhim fiziologik ahamiyatga ega. Klapan funksiyasining buzilishi intratorakal bosim oshganida, xususan Valsalva sinamasi vaqtida, turli darajadagi venoz refluks bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Ultratovush tekshiruvi ichki bo‘yintiriq vena klapanining anatomik va funksional holatini noinvaziv baholash imkonini beradi. B-rejim, rangli va spektral Doppler tekshiruvlari yordamida vena diametri, ko‘ndalang kesim yuzasi, klapan tavaqalarining harakatchanligi, retrograd qon oqimining davomiyligi va tezlik ko‘rsatkichlarini aniqlash mumkin. Mazkur parametrlarni kompleks baholash klapan yetishmovchiligining turli shakllarini differensial aniqlash hamda ularning sonografik xususiyatlarini tizimlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Author Biographies

Ozodova N.M., Urganch davlat tibbiyot instituti

gemotologiya va diagnostika kafedrasi assistenti

Rozixadjayeva G.A., O’zbekiston Respublikasi Prezident Administrasiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-sonli Markaziy klinik shifoxonasi

funksional diagnostika bo’limi mudiri

Aytimova G.Y., Urganch davlat tibbiyot instituti

gemotologiya va diagnostika kafedrasi

katta o’qituvchisi, PhD

Published

2026-10-15

How to Cite

1.
Ozodova N.M., Rozixadjayeva G.A., Aytimova G.Y. ICHKI BO‘YINTIRIQ VENA KLAPANI YETISHMOVCHILIGIDA KLAPAN APPARATINING MORFOFUNKSIONAL O‘ZGARISHLARI VA ULARNING ULTRATOVUSH BELGILARI. MMI [Internet]. 2026 Oct. 15 [cited 2026 Nov. 18];1(1/1):84-5. Available from: https://urdti-mmi.uz/index.php/MMI/article/view/55