ELASTOGRAFIK TEKSHIRUV USULINING JIGAR SIRROZI TASHXISIDAGI O‘RNI
Abstract
Jigar sirrozi- jigarning surunkali kasalligi bo’lib, tiklanmas ravishda jigar parenximatoz to’qimasining fibroz biriktiruvchi to’qima yoki stroma bilan almashininishi bilan kechadi. Fibroz belgilarini tekshirish PGA indeksi, yupqa igna biopsiyasi va Metavir shkalsidan va sensorli maxsus Fibroscan apparatdan foydalaniladi. U orqali ultratovushli tebranishlar o'tadi, organning to'qimalari tomonidan aks ettiriladi, bezning elastiklik darajasini ko'rsatadi. Ushbu maqola jigar sirrozini tashxislash va funksional holatini tez va aniq baxolashda elas-tometriya usuli kerakligini ko’rsatadi. Jigarning elastometriyasi diagnostika usuli sifatida tobora ommalashib bormoqda.