XORAZM VILOYATIDA YASHOVCHI BALOG`AT YOSHDAGI QIZLARNING MORFOFUNKSIONAL KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH
Abstract
Bugungi kunda bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish jahon sog‘liqni saqlash tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘smirlik davrida organizmda kechadigan morfofunksional o‘zgarishlar keyingi hayot bosqichlarida jismoniy va reproduktiv salomatlikning shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan, xotin-qizlar salomatligini hududiy xususiyatlar asosida baholash, xususan, Xorazm viloyatining o‘ziga xos ekologik va ijtimoiy-maishiy sharoitlarida o‘smir qizlarning o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish, hududiy antropometrik me’yorlarni ishlab chiqish o‘ta muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.