SURUNKALI BUYRAK KASALLIGINING DIALIZGACHA BO‘LGAN BOSQICHLARIDA ICHAK MIKROBIOSENOZINING O‘ZGARISH XUSUSIYATLARI
Abstract
Surunkali buyrak kasalligi (SBK) progressiv kechishi va terminal buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi bilan zamonaviy nefrologiyaning muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda SBK patogenezida «ichak–buyrak o‘qi»ning ahamiyatiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Buyrak funksiyasining pasayishi va uremik muhit ta'sirida ichak mikrobiosenozida eubiotik mikroorganizmlar kamayib, shartli-patogen va proteolitik floraning ko‘payishi kuzatiladi. Bu o‘zgarishlar ichak bar'erining buzilishi, mikrobial metabolitlar hosil bo‘lishining ortishi va tizimli yallig‘lanishning kuchayishi orqali SBK progressiyasiga qo‘shimcha hissa qo‘shishi mumkin. Ayniqsa, dializgacha bo‘lgan bosqichlarda ichak mikrobiosenozidagi o‘zgarishlarni aniqlash kasallik progressiyasi bilan bog‘liq qo‘shimcha patogenetik omillarni belgilash va ularni erta korreksiyalash nuqtai nazaridan ahamiyatlidir.