SURUNKALI BUYRAK KASALLIGIDA ICHAK MIKROBIOSENOZI VA BUYRAK FUNKSIONAL HOLATI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK

Authors

  • Mansurbekov D.M. Urganch davlat tibbiyot instituti
  • Axmedova N.Sh. Buxoro davlat tibbiyot instituti

Abstract

Surunkali buyrak kasalligi (SBK) progressiyasida an'anaviy nefrologik xavf omillari bilan bir qatorda ichak mikrobiosenozining buzilishiga ham muhim ahamiyat berilmoqda. Buyrak ekskretor funksiyasining pasayishi natijasida azotli metabolitlarning organizmda to‘planishi ichak muhitini o‘zgartirib, eubiotik va shartli-patogen mikroflora o‘rtasidagi muvozanat buzilishiga sharoit yaratadi. O‘z navbatida, disbiotik jarayonlar ichak bar'eri o‘tkazuvchanligi, mikrobial metabolitlar hosil bo‘lishi va tizimli yallig‘lanishni kuchaytirib, buyrak shikastlanishining progressiyasida ishtirok etishi mumkin. Shu sababli SBKning dializgacha bo‘lgan bosqichlarida ichak mikrobiosenozi holatini buyrak funksiyasini aks ettiruvchi zamonaviy laborator ko‘rsatkichlar bilan birgalikda baholash muhim ahamiyatga ega.

Published

2026-10-15

How to Cite

1.
Mansurbekov D.M., Axmedova N.Sh. SURUNKALI BUYRAK KASALLIGIDA ICHAK MIKROBIOSENOZI VA BUYRAK FUNKSIONAL HOLATI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK. MMI [Internet]. 2026 Oct. 15 [cited 2026 Nov. 19];1(1/1):50-1. Available from: https://urdti-mmi.uz/index.php/MMI/article/view/38