1–3 YOSHLI BOLALARDA O‘TKIR RESPIRATOR-SINSITIAL VIRUS INFEKSIYASINING KLINIK KECHISH XUSUSIYATLARINI KASALLIK OG‘IRLIK DARAJASIGA QARAB QIYOSIY O‘RGANISH
Abstract
Respirator-sinsitial virus (RSV) infeksiyasi kichik yoshdagi bolalarda yuqori sezuvchanlik va jiddiy asoratlar keltirib chiqarishi bilan ajralib turadigan dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammolardan biridir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hayotining birinchi yilida bolalarning 68%igacha qismi RSV bilan kasallansa, 2 yoshning oxiriga kelib deyarli 100% bolalar ushbu infeksiyani boshdan kechiradilar. Global miqyosda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida har yili qariyb 33 million quyi nafas yo‘llarining RSV-assotsiatsiyalangan infeksiyalari qayd etiladi, bu esa taxminan 3,6 million gospitalizatsiyaga va 100 mingdan ortiq o‘lim holatiga olib keladi. Dunyo bo‘ylab davolash xarajatlari yiliga 600 million dollardan oshadi, AQShning o‘zida esa kichik yoshdagi bolalarni davolash uchun yiliga 1,2 milliard dollar sarflanadi.